Bizning akademiyada quyidagi dasturlarni o'rganish orqali o'z malakangizni oshirishga hamda shu bilan birga xalqaro maydonda ishlash uchun yetarli bilimlarga ega bo'lasiz
Epi Info dasturi
Epi Info dasturi o'quv kursi epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida ishlayotgan mutaxassislar va o'qiyotgan talabalar hamda klinik ilmiy ishlar olib borayotgan ilmiy hodimlar uchun mo'ljallangan.
Epi Info dasturi - bu ma'lumotlat bazasini yaratish, ularga ma'lumotlarni kiritish, jadvallar yaratish, undagi ma'lumotlarni statistik tahlil qilish, diagrammalar yaratish, geografik ma'lumotlar tizimini yaratish, fayllarni enkriptsiya va decriptsiya qilish hususiyatlariga egadir.
Epidemiologik uslublar
Hozirgi kunga kelib, Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti (WHO), AQSHning Kasalliklarni oldini olish va Nazorat qilish Markazi (CDC) hamda dunoyning bir nechta davlatlaridagi sog'liqni saqlash tashkilotlarining mutahassislari va epidemiologlari tomonidan zamonaviy dasturlar va epidemiologik tekshiruv uslublari ishlatilmoqda. Bizning akademiyada ham sizning shunday zamonaviy dasturlar bilan birga epidemiologik uslublarni o'rganishingiz uchun katta imkoniyatlar yaratilgan.
stata dasturi
Stata - bu kuchli statistik dasturlardan biri bo'lib, ma'lumotlarni tahlil qilish, boshqarish va grafik ko'rgazmalarni tayorlashda katta imkoniyatlarga egadir. Bu dastur asosan iqtisodiyot, biomeditsina, epidemiologiya, klinik sinovlarni o'rganish bo'yicha ishlayotgan mutahassislar va ilmiy hodimlarga mo'ljallangan. Ushbu Stata dasturida dasturlarni yozish va grafik ishlatish interfaselari mavjud bo'lib, uni ishlatish juda oson hisoblanadi. Ilmiy maqolalarni yozishda, ayniqsa uning statistika qismini yoritib berishda ushbu dastur juda katta qulayliklarni yaratib beradi va dasturning statistik tahlili va grafiklarini ilmiy maqolada yozish orqali halqaro jurnallarga bemalol nashrga berish mumkin.
R Dasturi
R dasturi va unda joylashgan biblioteka ko'plab statistik va grafik ko'rinishdagi texnik ishlarni bajaradi. R dasturi keng ko'lamda ishlatilishining sabablaridan biri, undagi mavjud paketlarning mahsus statistik funktsiyalarni va ilovalarni bajara olishidadir. Undan tashqari ushbu dasturda o'ta intensiv hisoblash topshiriqlarini amalga oshirish uchun C, C++ va Fortan kodlarini ham bog'lash mumkin. Hozirgi kunda ushbu R dasturi dunyo miqyosida ko'plab ilmiy hodimlar, shifokorlar, epidemiologlar va talabalar tomonidan ishlatilib kelinmoqda.
SAS Dasturi
Statistik Tahlil Dasturi (SAS) - bu analitiklar duniyosining lideri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, jahonning 147 davlatida bu dastur ishlatilmoqda, 83 000 dan ortiq biznes, hukumat organlari va universitetlarga bu dastur o'rnatilgan. SAS mutahassislari yiliga $80 000 - 145 000 dollargacha oylik olishadi. O'z tajribalarimdan kelib chiqqan holda shuni aytishim mumkinki, bu dastur bilan juda murakkab ma'lumotlarni manipulatsiya qilish, tahlil va hisobotlar yaratishda ishlatish mumkin. SAS dasturi - bugungi kunda bank, iqtisodiyot, tibbioyt, farmatsevtika, statistika va ichki ishlar sohalarida keng qollanilmoqda.
Biz akademiyada zamonaviy halqaro epidemiologik va biostatistika uslublarini o'rgatamiz, shu bilan birga
tashkilotlarga innovacion uslublarda ishlash uchun yetakchi mutahassislar tayorlaymiz
va statistik tahlil ishlarida yordam hamda o'z maslahatlarimizni beramiz.
Har bir inson o'z kelajagini o'zi tanlash huquqiga ega, shunday ekan, demak siz halqaro darajada tajribaga ega bo'lgan, bir qancha davlatlarda
halqaro treninglar va universitetlarda dunyo miqyosidagi mutahassislar bilan
birga o'qigan va tajriba orttirgan hamda halqaro maydonda o'z o'rni va hurmatiga ega bo'lgan halqaro ekspert - mutahassis qo'lida bilim olishni hohlasangiz kerak.
Bizning akademiyada dunyo bilimlarini o'rganish bilan birga, halqaro maydonga qanday qilib chiqish, halqaro konkurs va tajribalar almashish to'g'risidagi ma'lumotlarga ham ega bo'lib borasiz.