Epidemiologiya va Biostatistika Akademiyasi

epidemiologiya va biostatistika 

akademiyasi

Ushbu akademiya, barcha tibbiyot sohasida o'qiyotgan talabalar, ishlayotgan mutahassislar hamda ilmiy hodimlarga zamonaviy statistik tahlil dasturlarini o'rgatish hamda ularni xalqaro miqyosda ish yurita oladigan mutahassislikka tayorlashga asoslangan. 

Batafsil ....
home-img1

akademiya haqida

Ushbu akademiya birinchi o'rinda tibbiyot hodimlarini (shifokorlar, jarrohlar, vrach-epidemiologlar, farmacevtlar, jamoat salomatligi mutahassislari va sanitariya-gigiena vrachlari), ilmiy hodimlar, tibbiyot hamda farmacevtika sohasida o'qiyotgan talabalar, aspirantlar, doktorantlar va shu yo'nalishlarda ishlayotgan mutahassislarni zamonaviy epidemiologik va biostatistika usullar bilan o'qitish va shu bilan birga halqaro-global tashkilotlarda ishlash uchun halqaro miqyosdagi mutahassislarni tayorlashga asoslangan.

Batafsil....

Bizning maqsadimiz

O'zbekiston Respublikasi "Double locked country" deyiladi, ya'ni boshqa davlatlar bilan erkin savdo qilish uchun 2 ta davlatni kesib o'tishi kerak, lekin biz zamonaviy halqaro bilimlarga ega bo'lsak, dunyoga o'z ilmimiz, halqaro tajribamiz va intellektual salohiyatimiz orqali bemalol chiqishimiz hamda o'z vatanimizni dunyoga  tanitishimiz mumkin. Shuning uchun ham, Epidemiologiya va Biostatistika Akademiyasi o'z oldiga tibbiyot va farmacevtika sohasida ishlayotgan barcha talabalar, ilmiy hodimlar va mutahassislarni halqaro darajadagi bilimlarga o'rgatish hamda halqaro tashkilotlarda ishlash uchun etakchi mutahassis qilib tayorlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Bizning akademiya nafaqat halqaro tashkilotlarda ishlash uchun mutahassislikka tayorlash, balki zamonaviy mutahassislik bo'ycha o'z milliy kadrlarimizni ham yetkazib berishdan iboratdir. Bu ilmlarimiz bilan esa bizlar bemalol halqaro miqyosdagi mutahassislar bilan bitta tilda gaplashish va ular bilan teng ravishda ish yurita olish qobiliyatiga ega bo'lamiz.

Batafsil....
home-img2
globe-86243_1920
Bizlarning ustunligimiz
Xalqaro Tajribalar

AQSH, Avstriya, Japoniya, Janubiy Koreya va bir nechta Osiyo davlatlarida orttirilgan halqaro ilmlar va tajribalar.

zamonaviy dasturlar

Halqaro tajribalarda o'rganilgan zamonaviy hamda innovacion dasturlarni qo'llash va halqaro ekspertlar bilan ishlash tajribalari.

Xalqaro o'qitish uslublari

Halqaro tashkilot va uinversitetlarda darslar berish hamda ma'ruzalar o'qish orqali zamonaviy o'qitish uslublariga ega ekanligimiz.

bizning xismatlarimiz

Biz akademiyada zamonaviy halqaro epidemiologik va biostatistika uslublarini o'rgatamiz, shu bilan birga tashkilotlarga innovacion uslublarda ishlash uchun yetakchi mutahassislar tayorlaymiz va statistik tahlil ishlarida yordam hamda o'z maslahatlarimizni beramiz.

service1
dasturlar va loyihalar muhokama qilinadi
service2
yuzma-yuz intervyularga tayorlanadi
service3
zamonaviy mutahassislik dasturlari o'rgatiladi
nima uchun bizni tanlash kerak

Har bir inson o'z kelajagini o'zi tanlash huquqiga ega, shunday ekan, demak siz halqaro darajada tajribaga ega bo'lgan, bir qancha davlatlarda halqaro treninglar va universitetlarda dunyo miqyosidagi mutahassislar bilan birga o'qigan va tajriba orttirgan hamda halqaro maydonda o'z o'rni va hurmatiga ega bo'lgan halqaro ekspert - mutahassis qo'lida bilim olishni hohlasangiz kerak. Bizning akademiyada dunyo bilimlarini o'rganish bilan birga, halqaro maydonga qanday qilib chiqish, halqaro konkurs va tajribalar almashish to'g'risidagi ma'lumotlarga ham ega bo'lib borasiz.

Zamonaviy dasturlarni o'rganish

Bizning akademiyada hozirgi kunda halqaro miqyosda ishlatilayotgan zamonaviy dasturlarni o'rganasiz, shu bilan birga loyihalar ustida ishlab, o'z ishonchingizni oshirasiz.  

malaka oshirish

Akademiyada o'qish hamda malaka oshirish davomida halqaro miqyosda ishlash uchun yangi mutahassislikka ham ega bo'lasiz va ushbu mutahassislik bo'yicha halqaro tashkilotlarda ishlash uchun kerakli tajribalarni olasiz. 

ekspert maslahati

Akademiyada halqaro ekspert tomonidan doimiy maslahatlar berilib, halqaro miqyosda ishlash uchun yo'l-yo'riqlar ko'rsatib boriladi va shu bilan birga o'z mutahassisligingiz yoki ilmiy ishlar bo'yicha ham tegishli maslahatlar olasiz.  

24/7 qo'llab-quvvatlash

O'qish hamda malaka oshirish davomida doimiy ravishda talabalar va mutahassislarga kerakli yordam berib boriladi, halqaro ekspert AQSH davlatida bo'lgani uchun albatta vaqtlar oralig'idagi farqlar inobatga olinishi shart bo'ladi. 

100% mamnun bo'lish

Zamonaviy dasturlarni o'rganish hamda loyihalar ustida o'z malakangizni oshirishda, albatta katta bilim va tajribalarga ega bo'lasiz, chunki berilgan vazifalar o'z vaqtida bajarilmaguncha keyingi bosqichga o'tilmajyi, o'zingizda ishonch hosil qilmaguncha yangi loyihalarda ishlanmaydi, demak bu bilan 100% ishonch olganingizdan keyingina halqaro darajadagi mutahassislikka aylanasiz.

1+
Xalqaro universitetlarda tahsil olgan
1+
horijiy dalatlarda o'z malakasini oshirgan
1+
yillik tajribaga ega
1+
yil uzluksiz horijy davlatlarda yetakchi mutahassis